08:13 / 31.08.2017
13375

Nyu-Yorkda Kolumb haykali buzib tashlandi

Foto: Longroom.com

Nyu-Yorkning Yonkers bog‘ida Amerikani ochgan ispan sayyohi Xristofor Kolumb haykali vandallar tomondan buzib tashlandi. Bu haqda News 12 telekanali xabar bermoqda.  

Balandligi 60 sm bo‘lgan, gipsdan tayyorlangan haykal tagkursisidan ag‘darib tashlanishi oqibatida parchalanib ketgan. Haykalning old qismi yodgorlik tagida, orqa qismi esa yaqin oradagi tepalik cho‘qqisida aniqlangan.

Mahalliy aholining aytishicha, haykal 26 avgust kechki vaqt hujumga uchragan.

Politsiya komissari Charlz Gardnerning aytishicha, haykal bolalar tomondan buzib tashlangan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga ushbu holatni sinchkovlik bilan tergov qilish rejalashtirilgan.

Nazvaniye

Ta'kidlanishicha, Kolumbning dastlabki bronzadan ishlangan haykali 12 yil avval o‘g‘irlab ketilgan.

AQShda oxirgi haftalarda bir qator jamoatchilik guruhlari mamlakatdagi fuqarolik urushi vaqtida janubliklar tomonda kurash olib borgan shaxslarga qo‘yilgan haykallarning buzib tashlanishi uchun kurash olib bormoqdalar. Bu borada eng beayov to‘qnashuvlar Sharlotsvill shahrida yuz berdi. Bu yerda fuqarolik urushi vaqtida janubliklarga boshchilik qilgan general Robert Li haykali buzib tashlanishiga qarshi norozilik namoyishi tartibsizliklarga aylanib ketgan.

Kolumb xotirasining abadiylashtirilishiga qarshi chiquvchilar u tomondan Amerikaning ochilishi tub aholining qirilishi, millionlab afrikaliklarni o‘z qurboniga aylantirgan quldorlikning avj olishiga olib kelgan, deb hisoblaydilar.

Mavzuga oid
Top