16:22 / 31.08.2017
8746

Olmaliq yoshlari to‘ylarni ixchamlashtirish tarafdori 

Olmaliq shahridagi “Oltin olma” xiyobonida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Olmaliq shahar Kengashi tashabbusi bilan Olmaliq shahar hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi va Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Olmaliq shahar yoshlari to‘ylarni ixchamlashtirish tarafdori!” shiori ostida muloqot tashkil qilindi.

Muloqotda O‘zbekiston yoshlar itttifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Olmaliq shahar Kengashi raislari, Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari, hotin-qizlar qo‘mitasi raisi, ichki ishlar bo‘limi, prokuratura, shahar bosh imom-xatibi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, FHDYo bo‘limi, shahardagi to‘yxonalar rahbarlari, san'atkorlar, turmush qurish arafasida turgan yoshlar, yosh oilalar, qaynona va qaynotalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar to‘ylardagi ortiqcha xarajatlar, isrofgarchiliklar, ortiqcha odatlarni bajarish ilinjida kelib chiqayotgan janjallar, to‘ylarni o‘tkazishda milliy urf-odatlarimiz o‘rniga mantiqsiz, Yevropa odatlari asosidagi an'analarga asosiy urg‘u berib yuborish kabi illatlarning oldini olish borasida fikr yuritishdi.

Mazkur tadbirda shahar yoshlari to‘ylarni ixchamlashtirish tarafdori ekanligini baralla aytdilar va bu borada targ‘ibotni kuchaytirishga so‘z berdilar.

Mavzuga oid
Top