13:42 / 31.08.2017
4351

Politico: Tramp qarorgohining sobiq rahbari moliyaviy firibgarliklar bilan shug‘ullangan

Foto: Jeff Chiu/AP

Rossiya ishi bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borayotgan AQSh maxsus prokurori Robert Myuller Nyu York shtatilik hamkasblari, xususan, bosh prokuror Erik Shneyderman bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. U Tramp saylovoldi shtabi sobiq rahbari Pol Manafortning moliyaviy amaliyotlarini o‘rganmoqda va bu amaliyotlar buzilganini isbotlovchi dalillarga ega. Bu haqda Politico nashri vaziyatdan boxabar manbalarga asoslanib yozmoqda

Gazetaga ko‘ra, ikkala jamoada ham Manafortning turli moliyaviy jinoyatlari, jumladan pullarni noqonuniy o‘tkazish xususida har xil ma'lumotlar mavjud. Hozircha, aniq ayblovlar e'lon qilish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilmagan. Politico gazetasining yozishicha, to‘plangan ma'lumotlar Myullerga Trampning sobiq shtab boshlig‘iga bosim o‘tkazish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi.

Myuller vakili nashr ma'lumotlarni izohlashdan bosh tortdi. Manafort matbuot kotibi ham bu xabarlarni izoh so‘rash maqsadida qilingan telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. 

Top