10:18 / 31.08.2017
5496

Tramp Saudiya podshohi bilan Qatar va Eron masalasini muhokama qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Abdul Aziz Ol Saud bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Tramp Qatar bilan munosabatlarda diplomatik yechim topishga chaqirgan.

Bundan tashqari, tomonlar Eron siyosati, terrorizm va «Harvi» dovulini muhokama qilishdi.

Avvalroq Eron va Saudiya Arabistoni o‘zaro diplomatik tashriflar amalga oshirishi xabar qilingandi.

Top