19:28 / 31.08.2017
25420

JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston Xitoyga yutqazib, guruhda to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi

JCh–2018 saralash bosqichi A guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy – O‘zbekiston uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi, ikki darvoza oldida ham golli vaziyatlar kuzatildi. O‘yin durangga qarab ketayotgandi, ammo mezbonlar bunga rozi bo‘lishmadi.

Uchrashuvning 84-daqiqasida Gao Lin penaltidan gol urib, hisobni ochdi. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi. 

9-turdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi A guruhi 9-turida 4 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat qayd etgan holda 12 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa tushdi.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi 5 sentabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasini qabul qiladi. Mazkur o‘yinda JCh–2018 turniriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beruvchi yo‘llanma o‘ynaladi.

JCh–2018 saralashi, 9-tur
Uxan shahri, Xitoy 
31 avgust, payshanba

Xitoy – O‘zbekiston 1:0
Gol: Gao Lin(penalti, 84)
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Marat Bikmayev (Sardor Mirzayev, 79), Eldor Shomurodov, Server Jyeparov (Aleksandr Geynrix, 86), Igor Sergeyev (Azizbek Haydarov, 67).
Xitoy: Zeng Cheng, Jang Linpeng (Ren Xang, 70), Feng Syaoting, Xao Junmin, Li Suypeng, Gao Lin, Jang Size (Syao Zi, 46), Yu Xanchao (Jao Syuri, 46), Deng Xanven, Jyeng Zi, Vu Ley.
Ogohlantirishlar: Marat Bikmayev (19), Ignatiy Nesterov (27), Yegor Krimets (83), Vitaliy Denisov (88) – Jang Linpeng (29), Feng Syaoting (62), Jao Syuri (77).

JCh–2018 saralashi, 10-tur
5 sentabr, seshanba

20:00  Eron – Suriya
20:00  Qatar – Xitoy 
20:00  O‘ZBeKISTON – Janubiy Koreya

Top