16:36 / 01.09.2017
10278

Yakkasaroy tumanida pasport stolining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Fuqarolarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Yakkasaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 60 “A” manzilida joylashgan, zamon talablariga mos bo‘lgan yangi bino qurib bitkazildi va ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda. 

Poytaxtning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida, fuqarolarning qabuli ertalabki soat 09:00dan to 18:00ga qadar amalga oshirilishini (profilaktika kuni, yakshanba hamda boshqa dam olish kunlaridan tashqari), fuqarolar tizimga doir turli yo‘nalishlar yuzasidan murojaat etishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB
Mavzuga oid
Top