Belgiya poytaxti Bryusselda bir martalik plastik paketlardan foydalanish to‘xtatilmoqda: 1 sentabrdan boshlab ularni shahardagi savdo nuqtalarida tarqatish taqiqlandi, deb xabar bermoqda RTBF.
Biroq, savdo tarmoqlari egalariga 1 sentabrga qadar sotib olib qo‘yilgan paketlarni 30 noyabrga qadar tarqatishga ruxsat berildi. Yangi qoidalar Bryusseldagi barcha do‘konlarga tegishli ekani aytilmoqda.
Le Soir’ning xabar berishicha, ko‘p martalik plastik paketlar – qalinligi 50 mikrondan ko‘proq – xaridorlarga sotilishda davom etiladi.
Bunday cheklov atrof-muhitning ifloslanishini kamaytirish rejalari bilan bog‘liq.
Avvalroq Keniyada polietilen paketdan foydalanishga 38 ming dollarlik jarima belgilangani xabar qilingandi.