12:14 / 01.09.2017
4334

Eronda maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi, qurbonlar ko‘p

Foto: AFP

Eron janubidagi Fors viloyatida maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda «Sinxua» agentligi mahalliy OAVga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 33 inson jabrlangan.

Avtobus qo‘shni Xormuzgon viloyatidan maktab o‘quvchilarini olib kelayotgan bo‘lgan.

Avvalroq Polshada ikki qavatli avtobus ag‘darilib ketgani xabar berilgandi.

Top