18:43 / 01.09.2017
12967

Piskentda qotillik sodir bo‘ldi

Foto: Time.kz

Joriy yilning 30 avgust kuni tungi vaqtda Piskent tumani “Namuna” mahallasi hududidan yevropa millatiga mansub yoshi 45-50 atrofidagi noma'lum erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.

O‘tkazilgan sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchining bosh qismiga ko‘plab og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda jabrlanuvchining shaxsini aniqlash va mazkur o‘ta og‘ir jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid
Top