12:39 / 01.09.2017
12516

Samsung birdaniga uchta yangi mahsulotini taqdim etdi

Berlinda o‘tkazilishi rejalashtirilgan IFA ko‘rgazmasidan avval 30 avgust kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Samsung vakillari sport bilan shug‘ullanuvchi, sog‘lom turmush tarzini sevadigan insonlar uchun uch turdagi yangi qurilmalarni taqdim etdi. Ular Gear Sport «aqlli» soati, Gear Fit2 Pro fitnes bilak tasmasi, Gear IconX Bluetooth-quloqchinlari shular sirasidandir. Taqdim etilayotgan yangi texnologiyalar sport bilan shug‘ullanib turgan kishini umumiy holatidan tortib, uyqu tartibigacha kuzatib boradi va xabar beradi.

Gear Sport «aqlli» soati ustki xavfsizlik qoplamasi bilan himoyalagan hamda suv ostida 50 m chuqurlikda ham ishlay oladi. Soat 1,2 dyumli Super-AMOLED sensor ekrani bilan jihozlangan. Vakillarning so‘zlariga ko‘ra, soat Tizen operatsion tizimida faoliyat olib boradi. Ikki yader bilan ta'minlangan yangi gadjyetning operativ xotirasi 768 MB bo‘lib, doimiy qattiq xotira esa 1 GB'ni tashkil etadi. Mahsulotning ilk partiyasi qora va ko‘k rangda ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Gear Fit2 Pro esa o‘tgan yili ishlab chiqarilgan Gear Fit gadjyetinining takomillashgan ko‘rinishiga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Oldingi avloddan farqli jihati shundaki, Fit2 Pro IP68 standarti bo‘yicha namlik ta'siridan himoyalangan va suv ostida ham bemalol ishlaydi. Samsung'ning yangi shu turdagi mahsulotlari 15 sentabrdan boshlab, 199 AQSh dollari miqdorida sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid
Top