10:54 / 01.09.2017
17612

Video: Ronalduning gollari Portugaliyaning yirik g‘alabasini ta'minladi

Portugaliya Jahon chempionatiga saralash bosqichining 7-turida Farer orollari terma jamoasiga qarshi o‘ynab, yirik hisobda g‘alaba qozondi - 5:1. O‘yin qahramoni portugaliyaliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. U uchta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Yana ikkita golga Villyam Karvalyu va Nelson Oliveyra muallif bo‘ldi. 

Parallel kechgan uchrashuvda Vengriya Latviyadan ustun keldi (3:1). Shveytsariyaliklar esa Andorrani mag‘lub etdi (3:0).

Endilikda B guruhida shunday vaziyat yuzaga keldi: 1. Shveytsariya — 21 ochko (7 o‘yin); 2. Portugaliya — 18 (7); 3. Vengriya — 7 (6); 4. Farer orollari — 5 (7); 5. Andorra — 4 (7); 6. Latviya — 3 (6).

JCh-2018, saralash bosqichi, Yevropa
7-tur

Portugaliya – Farer orollari 5:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 3 Ronaldu, 2:0 – 29, penalti Ronaldu, 2:1 – 38 Baldvinsson, 3:1 – 58 Vilyam Karvalyu, 4:1 – 64 Ronaldu, 5:1 – 84 Oliveyra.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Fonte, Soaresh, Elizeu, Pepe, Bernardu Silva, Vilyam Karvalyu, Moutinyu (Andre Gomesh, 73), Joau Mariu (Kuarejma, 59), Andre Silva (Oliveyra, 81), Ronaldu.
Farer or.: Nilsen, Nayes, Gregersen, Davidsen, Yunsen (Lokin, 80), Vatnxamar (uy Bartalsstovu, 66), Faere, Yakobsen, Baldvinsson, Edmundsson (Yoxannesen, 73), Sorensen.
Ogohlantirish: Soaresh (14).

Shveytsariya – Andorra 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 43 Seferovich, 2:0 – 62 Seferovich, 3:0 – 67 Lixtshtayner.

Vengriya – Latviya 3:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 5 Kadar, 2:0 – 26 Salai, 2:1 – 40 Freymanis, 3:1 – 68 Judjak.

Mavzuga oid
Top