23:11 / 01.09.2017
6968

JCh-2018. Qozog‘iston Chernogoriyaga yutqazdi va mundial yo‘llanmasi uchun kurashni to‘xtatdi

Foto: Reuters

JCh-2018 saralashi 7-tur uchrashuvlari doirasida Qozog‘iston terma jamoasi Chernogoriyani qabul qildi. «Astana-Arena» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar g‘alaba qozondi - 3:0.

G‘oliblarning gollariga Marko Veshovich, Marko Simich va Fatos Bechiray mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, Qozog‘iston terma jamoasi saralash turniri yakuniga hali 3 tur qolganida jahon chempionati uchun kurashni tark etdi.

Ye guruhida ayni vaqtda vaziyat shunday: 1. Polsha – 16 ochko (6 o‘yin); 2. Chernogoriya – 13 (7); 3. Daniya – 10 (6); 4. Ruminiya – 6 (6); 5. Armaniston – 6 (6); 6. Qozog‘iston – 2 (7).

JCh-2018 saralashi,
Yevropa 7-tur

Qozog‘iston – Chernogoriya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 31 Veshovich, 0:2 – 53 Bechiray, 0:3 – 63 Simich.
Qozog‘iston – Loriya, Axmetov, Logvinenko, Shomko, Suyumbayev (Tagybergen, 85), Jukov (Bayjanov, 17), Kuat, Mujikov, Nurgaliyev (Turysbek, 62), Murtazayev, Beysebekov.
Chernogoriya – Petkovich, Simich, Savich, Tomashevich, Veshovich, Yankovich, Kosovich (Ivanich, 54), Vukchevich, Marushich, Yovetich (Zverotich, 72), Bechiray (Mugosha, 84).
Ogohlantirishlar: Nurgaliyev (21), Simich (43), Bayjanov (52), Mujikov (74).

Mavzuga oid
Top