Armaniston Milliy yig‘ilishi binosida bomba joylashtirilgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Novosti-Armeniya» agentligi mamlakat FVVning Yerevan shahri boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Armen Badalyanga asosan xabar tarqatgan.
«Xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Binoning barcha joyi tekshirib chiqildi», - deya xabar qildi Badalyan.
Xabar kelib tushgach voqea joyiga qutqaruvchilar va alohida topshiriqlar bo‘yicha qutqaruv ishlarini olib borish bo‘yicha otryad yetib borgan.