12:18 / 02.09.2017
17226

“ASIAN FIGHT – 2017” chiptalari sotuvga chiqdi

O‘zbekiston Penchak-Silat federatsiyasi va qator hamkor tashkilotlar ko‘magida 9 sentabr kuni Toshkentning “Bunyodkor” stadionida Mikst-silat bo‘yicha “Asian FIGHT-2017” xalqaro turniri bo‘lib o‘tishi haqida avval xabar berilgandi. 

Unda jahon kino yulduzi va jang san'ati ustasi Jan Klod Van Damm, sport ustasi Jyef Monson va boshqalar faxriy mehmonlar sifatida ishtirok etadi hamda ular alohida dasturlar, mahorat darslari ham o‘tkazishadi. 

Bundan tashqari, tashkilotchilar ajoyib sport va shou kechasi bo‘lishiga va'da berishmoqda. 6 burchakli ringda 9 nafar o‘zbekistonlik aralash janglar ustalari 8 mamlakatdan kelgan 9 nafar jangchiga qarshi kuch sinashadigan musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston estrada guruhlari tomoshabinlar oldida chiqish qilishadi. 

Turnir matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ayni vaqtda, ushbu turnirni bevosita “Bunyodkor” stadionida tomosha qilishni istaganlar o‘yingoh kassalaridan chiptalarni xarid qilishlari mumkin. Chiptalar narxi 50 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha. 

Mavzuga oid
Top