18:21 / 02.09.2017
5231

Iroqda elektrostansiyaga hujum uyushtirildi

Foto: AFP

Iroqning Samarra shahridagi elektrostansiyada xudkushlar portlashni amalga oshirdi. Hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz inson jabrlandi.

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Iroq armiyasi generali Yahyo Rasulning ma'lum qilishicha, jinoyatchilar uch kishi bo‘lgan: ikkisi stansiya hududiga ishchi, bir nafari esa qo‘riqchi sifatida kirib olgan. Energetika vazirligida to‘rt kishi hujum qilgani haqida xabar berishdi, ulardan bir nafari yo‘q qilingan, qolgan uch shaxs o‘zini o‘zi portlatgan.

Ta'kidlanishicha, hozircha hech bir tashkilot hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmadi.

Avvalroq Afg‘oniston sharqida portlash yuz bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top