15:02 / 02.09.2017
8620

Kiyevda Saakashvilining ukasi qo‘lga olindi

Foto: Reuters/David Mdzinarishvili

Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, Kiyevda politsiyachilarni uning ukasi Davidni qo‘lga olishgan. U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozdi.

«Bugun ertalab Arsen Avakovning IIVsi sakkiz xodimi mening ukam David Saakashvilini qo‘lga olishdi. U Kiyevdagi uyidan chiqayotganida ushlangan va noma'lum yo‘nalishda olib ketilgan», - deya yozdi Saakashvili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, David Saakashvili huquqshunos bo‘lib, Ukrainada yashash uchun hujjatga ega.

Saakashvilining taxmin qilishicha, shu tariqa unga «qaytmasligi» uchun ta'sir ko‘rsatishmoqchi.  

«Sizlar meni juda yomon bilasizlar, bu mening Ukraina va ukrainaliklarni jinoyatchilardan himoya qilish bo‘yicha qat'iyatimni yanada mustahkamladi», - deya yozgan u.

Avvalroq Saakashvili Poroshenko unga xalaqit bermoqchi ekani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top