13:31 / 02.09.2017
5574

Maykl Dell Texasni tiklashga 17 mln dollar xayriya qildi

Foto: AFP/Brendan Smialowski

Dell kompaniyasi asoschisi Maykl Dell rafiqasi Syuzan bilan Texas shtatini «Harvi» po‘rtanasidan so‘ng tiklash uchun mablag‘lar yig‘ish maqsadida xayriya jamg‘armasi tashkil etilganini ma'lum qildi.

Er-xotin bu jamg‘armaga 17 mln dollar o‘tkazib berdi va uni kimdir 2 dollar bersa, 1 dollardan to‘ldirib borishga va'da qildilar.

"Texasda tug‘ilgan har bir inson bu tabiiy ofatni yuragiga yaqin olmoqda. Bizning har ikkimiz Texasda tug‘ilib, katta bo‘ldik, Maykl katta bo‘lgan Hyuston ko‘chalari hozirda suv ostida qolgan", - deyiladi Dell oilasining bayonotida. Ular jamg‘armadagi pullar miqdorini 100 mln dollarga qadar yetkazish va unga o‘z mablag‘lari hisobidan maksimum 36 mln dollar xayriya qilishni mo‘ljallashmoqda.

Bu xususiy sektorda shu maqsadlarga ajratilgan eng yirik summadir. AQSh savdo palatasi ma'lumotlariga ko‘ra, Amerikaning 52 kompaniyasi Texas aholisiga jami 113 mln dollar xayriya qildi.

Mavzuga oid
Top