16:15 / 02.09.2017
19083

Runi mast holatdagi begona ayol bilan qo‘lga tushgan

Foto: Reuters

«Everton» hujumchisi Ueyn Runi 18 sentabr kuni sud oldida ko‘rsatma berishi kerak bo‘ladi. Ma'lum bo‘lishicha, ingliz futbolchisi o‘ta mast holatda bo‘lgan begona qiz bilan mashina boshqarib ketayotganda qo‘lga tushgan.

U mashg‘ulotlardan keyin italyan restoraniga kirgan va u yerdagi barda 29 yoshli begona qiz bilan raqsga tushgan, spirtli ichimliklar iste'mol qilgan.

«Men juda qattiq mast holatda edim, shu boisdan ham mashina boshqara olmasdim. Biz ikki kishi edik va u rulga o‘tirishni taklif qildi. Ortimizdan politsiya kelayotganini ko‘rdik. Ueyn juda qattiq asabiylashayotgandi. Barchasi juda tez sodir bo‘ldi. 

Balki men qattiq mast bo‘lgandirman, ammo u mendek ichmagandi», - deya qizning so‘zlaridan iqtibos keltirada Mirror nashri.

Ma'lumot uchun, Runining rafiqasi ayni vaqtda uch nafar farzandi va o‘zi homilador holida Ispaniyada ta'tilni o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid
Top