14:32 / 02.09.2017
11006

«Sprut» seriali yulduzi aktyorlik faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi

Foto: Reuters

Mashhur «Sprut» serialida komissar Korrado Kattani rolini ijro etgan italiyalik aktyor va rejissyor Mikele Plachido kinoda boshqa suratga tushmasligi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda La Repubblica.

«Men kinoda boshqa suratga tushmayman, endi bu menga qiziq emas. Joriy yilda ikkita muhim filmni taklif etishdi, biroq rad etdim», - deya Plachidoning so‘zlarini keltiradi nashr.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, rejissyor sifatida ishini to‘xtatmoqchi emas. «Men rejissyor sifatida filmlar suratga olish va teatr sahnasida aktyor sifatida faoliyatni davom ettirishni rejalashtirganman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Plachido bunday bayonotni 74-Venetsiya kinofestivalida qilgan. 

Mikele Plachido Sitsiliya mafiyasi va hukumatning yuqori darajalarida korrupsiya bilan kurashuvchi Italiya huquq-tartibot idoralari xodimlari haqida hikoya qiluvchi «Sprut» teleserialidagi komissar Korrado Kattani rolidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. Olti seriyadan iborat bo‘lgan filmning birinchi qismi 1984 yilda ekranlarga chiqqan. Keyinchalik uning davomi suratga olindi. Komissar Kattani filmning 1989 yilda ekranlarga chiqqan to‘rtinchi qismi oxirida o‘ldirilgan.

 

Mavzuga oid
Top