22:17 / 03.09.2017
8257

Eron harbiylari chegara yaqinida josuslik qilgan samolyot va dron aniqlangani haqida ma'lumot berishdi

Foto: Iran Daily

Eron Havo mudofaa ishlari vakili AQShning josus samolyoti va bundan avval olti oy avval mamlakat chegarasi yaqinida aniqlangan uchuvchisiz dron haqida so‘zlab, o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda Fars axborot agentligiga asoslangan holda Reuters xabar bergan.

Eron Havo mudofaa ishlari boshlig‘i, general Farzad Ismoiliy o‘tgan haftada paydo bo‘lgan noma'lum RQ-4 droni va joriy yil mart oyida aniqlangan U2 josus samolyoti haqida ma'lumotlar bergan.

"U2 uchuvchisi Ho‘rmuzga yaqinlashganda biz unga ogohlantiruvchi xabar yubordik, uni ikkita turli radar tizimi va raketalar nishonga olib turganini yaxshi bilardi”, deydi Ismoiliy.

Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning o‘tgan vaqt mobaynida Eron bilan uranni boyitish dasturi bo‘yicha erishilgan shartnomani shubha ostiga olishi, ko‘rfaz vakillariga yoqmayotgani aniq ifoda etilmoqda.

Mavzuga oid
Top