13:10 / 03.09.2017
21876

Huawei kompaniyasi iPhone 8'ning "qotil"ini namoyish etdi

Xitoyning mobil giganti hisoblangan Huawei kompaniyasi yangi Mate 10 va Mate 10 Plus flagman smartfonlarini rasman namoyish etdi. Bu haqida Daily gazetasi xabar berdi

Yangi qurilmaning xususiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, eng avvalo uning eng kuchli sakkiz yadroli Kirin 970 protsessorini alohida ta'kidlash lozim, zero u hatto iPhone 8 namoyishidan keyin ham samaradorligi bo‘yicha jahon bozoridagi eng yaxshi natijani qayd etadi. Shuningdek smartfonning hoshiyasiz displeyi ham e'tiborni jalb qilmay qolmaydi. Qurilma operatsion tizimning so‘nggi Android 8.0 Oreo versiyasida ishlaydi. 

Foto: Daily

Manbaga ko‘ra, Huawei Mate 10 smartfonining taxminiy narxi 1000 dollar bo‘lishi kutilmoqda. 

Top