09:27 / 04.09.2017
12689

AKFA Yevropa bozoriga kirmoqda

AKFA kompaniyasi bir necha yildan beri o‘z iste'molchilarini sifati kafolatlangan mahsulotlar bilan ta'minlashga harakat qilib kelmoqda. Bu zamonaviy ishlab chiqarish kompleksi va Markaziy Osiyodagi alyuminiyli hamda PVX profillar, deraza-eshik mahsulotlari, aksessuarlar, radiatorlarning eng yirik ishlab chiqaruvchisidir. Uning mahsulotlari eng yuqori xususiyatlarga ega va Yevropa standartlaridan qolishmaydi, unga bir vaqtning o‘zida millionlab iste'molchilar ishonmoqda.

Yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha konsepsiyaning yil davomida asta-sekinlik bilan amalga oshirilishi AKFA mahsulotlarini yaqin va uzoq xorij davlatlariga yetkazib berish hajmini ta'minlash imkonini berdi. Xususan, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston kabi mamlakatlarga umumiy miqdori 14 608, 0 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Bugungi kunda AKFA kompaniyasi – tez rivojlanayotgan va innovatsion kompaniya xisoblanadi. 2017 yilda AKFA ishlab chiqarish quvvatlarini faol oshirib borib, o‘z mahsulotlarini Yevropaga ham eksport qilishni boshladi. Masalan, Polsha Respublikasi va Fransiya Respublikasiga mahsulotlarning bir necha partiyasi jo‘natildi.

AKFA tashqi mahsulot yetkazib berish geografiyasini kengaytirib, joriy yilning sakkiz oyi davomida miqdori 13 101,0 ming AQSh dollariga teng bolgan mahsulotni eksport qilishning uddasidan chiqdi, bu 2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 58,1 foizga yuqori. 

Yevropalik iste'molchilar uchun qulay bo‘lgan narxlar va ajoyib sifat AKFA kompaniyasining eksport yo‘nalishini rivojlantirish imkonini beradi.

Joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi hududida zamonaviy zavod ishga tushiriladi (“Navoiy” EIZ). Zavod umumiy maydoni  120 000 kv.m. bo‘lgan uchastkada qurilmoqda, bundan ishlab chiqarish maydoni 35 000 kv.m.ga teng. Zavodning geografik joylashuvi butun qit'a bo‘ylab maxsulot yetkazib berish shartlarini ilgari surishda katta o‘rin tutadi.Zavodning erkin iqtisodiy zonada joylashgani ishlab chiqarish xarajatlarini ancha pasaytirish imkonini beradi.

Zavod Presezzi, SAT (Italiya), SKM (Janubiy Koreya) jahon brendlaridan yuqori texnologiyali zamonaviy uskunalar, shuningdek, Monti Engineering’dan (Italiya) yuqori aniqlikdagi avtomatik anodli liniya bilan jihozlangan. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 40 000 tonna alyuminiy profiliga teng.

AKFA kompaniyasi 2020 yilgacha Germaniya, Italiya, Chexiya, Avstriya, Ispaniya, shuningdek, yaqin sharq va MDH davlatlariga miqdori 65 000,0 ming AQSh dollaridan ko‘proq bo‘lgan eksport mahsulotlarini yetkazib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shu sababdan, AKFA o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha Yevropadagi qator yetakchi kompaniyalar bilan tegishli shartnomalar imzoladi. Ular mashinasozlik, qurilish, sanoat kabi sohalarga tegishlidir.

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan menejment, shuningdek, biznes yuritishning zamonaviy standartlaridan foydalanish AKFA’ga Yevropa bozoriga chiqish imkonini berdi.

Batafsil ma'lumotni +998 71 203 00 00 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki www.akfa.uz saytiga kirib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Top