11:48 / 04.09.2017
8698

Xitoy hukumati AQSh qarshiligini yengib o‘tish uchun yangi bankni moliyalashtirmoqchi

Foto: Reuters

Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Tszinpin dushanba kuni BRICS'ga a'zo davlatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilajak Yangi Taraqqiyot bankiga 4 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

Umumiy hisobda Xitoyning BRICS'​ga kiritayotgan 80 million AQSh dollari sarmoyasi joriy yilning may oyida e'lon qilingan «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusiga tikilgan 123 milliard AQSh dollari oldida hech narsa emas.

Yangilik aynan Xitoyning megaloyihasi va uning yetakchiligidagi Osiyo Infratuzilmasini sarmoyalashtirish bankini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash arafasida paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentabr kungi BRICS'​ga a'zo va kuzatuvchi maqomidagi davlat rahbarlari uchrashuvida Xitoy AQShning iqtisodiy proteksionizm siyosatiga qarshi turishi kutilmoqda.

Top