08:31 / 04.09.2017
6047

Los-Anjyeles okrugida favqulodda holat rejimi joriy etildi

Foto: TASS

AQShning Kaliforniya shtati gubernatori Jyerri Braun Los-Anjyeles okrugida o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat e'lon qildi.

«Gubernator Los-Anjyeles okrugida La-Tuna kanonidagi yong‘in oqibatlari tufayli favqulodda holat kiritilishi haqida bayonot berdi. Yong‘in ming gektar yerga zarar yetkazib, uylar, muhim infratuzilmaga xavf tug‘dirmoqda, shuningdek, insonlarning evakuatsiyasiga sababchi bo‘ldi», - deyiladi bayonotda.

Associated Press’ning xabar qilishicha, yong‘in oqibatida uchta uy yonib kulga aylangan, 1 400 kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Ta'kidlanishicha, yong‘in maydoni 20 ming kvadrat metrga yetdi.

Top