14:57 / 04.09.2017
5369

Panasonic egasining yoniga keluvchi «aqlli» muzlatgichni namoyish etdi

Foto: CNET

IFA 2017 texnologik ko‘rgazmasida Panasonic kompaniyasi «aqlli» muzlatgich kontseptini namoyish etdi. Uni ovozli buyruqlar yordamida boshqarish mumkin.

Muzlatgich o‘z egasining yoniga kelishi, ichida qanday ichimliklar saqlanayotganini xabar qilishi, taomlarni tavsiya etishi mumkin. Qurilmaga bir necha datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular muzlatgichga xona bo‘ylab harakatlanishda yordam beradi.

CNet nashrining ta'kidlashicha, muzlatgich hozircha kontsept sifatida namoyish etildi, u keng ko‘lamda ishlab chiqarilishi borasida ma'lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid
Top