21:23 / 04.09.2017
6577

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton uchinchi farzand kutishmoqda

Foto: Instagram

Britaniya shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton uchinchi farzand kutishmoqda. Bu haqda Kensington saroyi matbuot xizmati tvitterda ma'lum qildi. Tug‘ilajak bolaning jinsi hali noma'lum.

Ta'kidlanishicha, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va qirollik uyining qolgan a'zolari bu xabardan bag‘oyat mamnun bo‘lganlar. Homiladorlik vaqtidagi ba'zi noqulayliklar sababli Keyt Middlton ommaviy tadbirlarda vaqtinchalik ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Ayni vaqtda juftlik ikki farzandga ega: 4 yoshli Jorj va 2 yoshli Shartolla.

Mavzuga oid
Top