11:05 / 04.09.2017
4714

Yunusobodda 2 mln so‘m va 420 dollarni o‘margan shaxs ushlandi

Foto: KUN.UZ

2017 yilning 20 avgust kuni taxminan soat 14:00 larda, K.X.A. Yunusobod tumani hududida, fuqaro U.G.M.ning xonadonida bo‘la turib, unga tegishli bo‘lgan jami 2.000.000 so‘m va 420 AQSh dollari miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top