19:13 / 04.09.2017
7535

Jahondagi barcha ko‘chmas mulkning umumiy qiymati 200 trln dollarga teng

Foto: AFP

Jahondagi barcha ko‘chmas mulkning umumiy qiymati 200 trln dollarga yetdi. Bu haqda «Interfaks» Britaniyaning Savills Plc kompaniyasi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, jahondagi ko‘chmas mulk umumiy qiymatining 80 foizdan ortig‘i turar-joylar hissasiga to‘g‘ri keladi, qolgan qismi esa tijorat ko‘chmas mulkidir.

«Jahondagi barcha ko‘chmas mulkning qiymat jihatidan 70 foizdan ortig‘i  (141,5 trln dollar) o‘nta mamlakatda joylashgan – Xitoy, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Germaniya, Fransiya, Braziliya, Italiya va Rossiyada», - deyiladi tadqiqotda.

Top