07:59 / 05.09.2017
19156

Amerikalik o‘smir Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

15 yoshli amerikalik o‘smir Patrik Pons Rubik kubigini (kubik Rubika) yig‘ish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. Ponsning rekord natija qayd qilgan videosi uning YouTube-kanalida joylashtirildi.

Pons avvalgi rekordni 0,05 soniyaga yaxshilab, Rubik kubigini 4,69 soniya ichida yig‘a oldi. O‘smirning aytishicha, u vazifani rekord darajada tez bajarganini bilgach, hayratga tushgan. U kubikni 17 ta harakat bilan yig‘a olgan.

Avvalgi rekord natija 2016 yil noyabrda Mats Valk tomondan o‘rnatilgandi. U bunga avvalgi rekord sohibi amerikalik Lukas Etter vaqtidan 0,164 soniya qamroq vaqt sarflagandi.

Rubik kubigi o‘tgan asrning 80-yillarida vengriyalik haykaltarosh va arxitektura o‘qituvchisi Erne Rubik tomonidan ixtiro qilingan. Har yili bu boshqotirma o‘yinchoqdan dunyoda 10 mln dan ko‘proq dona sotiladi.

Top