23:10 / 05.09.2017
5682

Apple simsiz Beats Studio3 quloqchinlarini namoyish qildi

Apple W1 chipidagi birinchi simsiz quloqchinlar bir martalik zaryaddan 40 soatgacha ishlaydi. "Layfxaker" shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Beats Studio3'ning asosiy yangiligi - shovqinlarni kamaytirishning dinamik tizimi. Quloqchinlar atrofdagi shovqinlarni o‘rganib, bosim o‘tkazish intensivligini tartibga soladi. Ular bunday rejimda 22 soatgacha ishlaydi,  shovqinni kamaytirmay esa - 40 soatgacha. 

Tezkor zaryad tizimida 10 daqiqagina turgan quloqchinlar 3 soatgacha to‘xtovsiz musiqa tinglash imkonini beradi. Quloqchinlar Lightning orqali emas, microUSB'ga ulanib quvvat oladi. 

Foto: apple.com

Quloqchinlar birinchi navbatda iPhone, iPad, Mac va Apple Watch bilan ishlashga mo‘ljallangan. Beats Studio3 qurilmalardan biriga ulangan taqdirda, iCloud'dagi bir akkauntga bog‘langan qolgan barcha qurilmalar bilan ishlash imkonini beradi. Shunday bo‘lsa-da, ularni oddiy simsiz quloqchinlar kabi Bluetooth orqali boshqa qurilmalarga ham ulash mumkin.

Beats Studio3 olti xil rangda taqdim etiladi: qizil, qora, oq, tillarang, ko‘k va kulrang. To‘plamda shuningdek tashish qoplamasi, pultli kabel va USB kabeli ham bor. 

Top