08:21 / 05.09.2017
6293

Dayr az-Zorda IShIDning 100dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi

Foto: Reuters

Suriyaning Dayr az-Zor tumanida Suriya qo‘shinlari IShID terrorchilik guruhining 100dan ortiq jangarisini yo‘q qilishdi. Bu haqda Dayr az-Zor viloyati gubernatori Muhammad Ibrohim Samra ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al Mayadeen.

Mintaqa rahbarining ta'kidlashicha, aviatsiya asosan jangarilarning shtablari va qurol-yarog‘ omborxonalariga zarba bermoqda. Shuningdek, uning aytishicha, Suriya qo‘shinlari ozod etilgan va «g‘alaba haqida e'lon qilishlarini kutayotgan» tumanlar aholisiga barcha kerakli narsalarni berishmoqda.

Hozirgi paytda hukumat qo‘shinlari Jabol at-Tarda tog‘ligiga qarab harakatlanishmoqda, so‘ng aeroport hududini egallash va yaqin oradagi tumanlarni ozod etishni rejalashtirishgan.

Avvalroq Suriya armiyasi 48 soat ichida IShID qamal qilayotgan Dayr az-Zorga yetib kelishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top