22:54 / 05.09.2017
9136
Eron AQSh aviatsiyasi uchun havo hududini yopdi
Foto: KT Ng/Freeimages ■

Endilikda AQSh samolyotlariga Eron havo hududini kesib o‘tish taqiqlanadi. Gap, shuningdek, fuqarolik aviatsiyasi haqida ketmoqda, deb xabar bermoqda Eron havo hujumiga qarshi baza qo‘mondoni Amir Farzod Ismoiliyga iqtibos keltirgan holda Fars axborot agentligi. 

“Biz dunyoga o‘zini tutishning ikkilik standartini ko‘rsata olmaymiz. Misol uchun, biz AQShga o‘ziga bino qo‘ygan davlat deymiz va AQShning hattoki yo‘lovchi samolyotlariga ham Eron havo hududini kesib o‘tishga yo‘l bermaymiz”, deb aytgan Ismoiliy. 

Ta'kidlanishicha, Eron havo hududi orqali o‘tuvchi AQShning istalgan samolyoti Eron bazasidan darhol ogohlantirish oladi.

Top