Atlantika okeanida «Irma» dovulidagi shamolning maksimal doimiy tezligi soatiga 220 kilometrga yetdi. Bu haqda AQSh dovullar haqida ogohlantirish Milliy markazi xabar qilmoqda.
Avvalroq «Irma» dovuliga kuchlilik darajasi bo‘yicha to‘rtinchi toifa berilgandi.
Qo‘shma Shtatlarning Florida shtati gubernatori Rik Skott shtatda favqulodda holat rejimini ma'lum qildi.