17:37 / 05.09.2017
12861

Qidiruvdagi jinoyatchi ushlandi

2017 yil 3 sentabr kuni soat 15:00 larda Toshkent shahar IIBB va uning tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Uchtepa tumanida joylashgan “Nazarbek” blok-postida Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahri hududiga piyoda harakatlanib kelayotgan, 1987 yilda tug‘ilgan M.F.M. to‘xtatilib tekshirildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB. 

Tekshiruv davomida F.M.M. O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan (firibgarlik) jinoyatini sodir etganligi uchun unga nisbatan 2017 yil 17 avgust kuni Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e'lon qilinganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid
Top