08:47 / 05.09.2017
6465

OAV: KXDR ballistik raketani g‘arbiy qirg‘oqlariga joylashtirmoqda

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya «qit'alararo ballistik raketaga o‘xshash bo‘lgan» narsani o‘zining g‘arbiy qirg‘oqlariga joylashtirmoqda. Bu haqda Reuters Janubiy Koreya OAVga asosan xabar bergan.

Raketani olib o‘tish ishlari yadro sinovi o‘tkazilganidan bir kun o‘tib, 4 sentabr ertalab boshlangan. Manbaning ta'kidlashicha, raketani olib borish kuzatuvlardan qochish maqsadida kechqurunlari amalga oshirilmoqda.

Agentlikning ko‘rsatishicha, KXDR g‘arbiy qirg‘oqlarida raketalarni uchirishga mo‘ljallangan obektlar bor.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya harbiy mahkamasidan ma'lum qilishlaricha, bu ma'lumotlarni tasdiqlay olishmaydi.

Avvalroq KXDR yangi raketalarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani aniqlangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top