11:26 / 05.09.2017
9010

Toshkentda ikki bosqinchi qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Shu yilning 29 avgust kuni tunda, soat bir yarimlar atrofida poytaxtning Uchtepa tumanida ikki noma'lum shaxs 1999 yil tug‘ilgan kollej o‘quvchisining 41 ming so‘m pulini o‘tkir tig‘li jism bilan qo‘rqitib, tortib oladilar, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Tuman ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib tezkor tadbir natijasida, ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchi hech qayerda ishlamaydigan 1996 yilda tug‘ilgan A.U. va 1997 yilda tug‘ilgan M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi, ya'ni bosqinchilik jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
Top