17:25 / 05.09.2017
10938

JCh-2018 saralashi. Avstraliya g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Foto: FIFA matbuot xizmati

Avstraliyada JCh-2018 saralash bosqichining so‘nggi turi doirasida ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mezbonlar guruh autsayderi Tailand terma jamoasi ustidan qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Tailandliklar o‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida, kutilmaganda hisobni tenglashtirgandi. Ammo Aaron Muy ijrosida amalga oshirilgan burchak zarbasidan keyin Metyu Leki g‘alaba to‘pini kiritdi.

AVSTRALIYa – TAILAND – 2:1

Gollar: Jurich (69), Leki (86) – Anan (82)

Ogohlantirishlar: Rayt (38) – Nochaiya (23) 

Ushbu g‘alabadan so‘ng, ochkolar sonini 19taga yetkazgan Avstraliya terma jamoasi turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Lekin o‘z navbatida, Saudiya Arabistoni terma jamoasi bugun Yaponiya ustidan har qanday hisobda g‘alaba qozonishsa, to‘plar nisbatiga ko‘ra, 2-o‘ringa ko‘tarilishlari va jahon chempionati yo‘llanmasini ilib ketishlari mumkin.

Saudiya Arabistoni – Yaponiya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22.30da boshlanadi.

Mavzuga oid
Top