20:58 / 05.09.2017
9854

Jyeyms Bond haqidagi yangi filmning ba'zi tafsilotlari ma'lum qilindi

Foto:mignews.com.ua

Josus 007 haqidagi yangi filmda bosh qahramon Jyeyms Bond uylanadi. Bu haqda Page Six xabar bermoqda. 

“Bond maxfiy xizmatdan ketadi, u sevgan yoriga uylanadi”, deb ma'lum qildi manbalardan biri.

Biroq, nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Bondning rafiqasi film davomida o‘ldiriladi va bu josus 007’ning yana o‘z ishiga qaytishga majbur qiladi.

Ma'lum qilinishicha, yangi film aktyor Liam Nison ishtirokidagi “Asira” jangari filmi syujyetiga o‘xshash.

Ma'lum qilinishicha, Bond haqidagi oxirgi film – “007: Spektr”da josusning sevgan yori aktrisa Lea Seydu ijrosidagi Madlen Suonn bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, yangi filmda Bond va Suonn turmush qurishadi.

Film 2019 yil noyabrda ekranlarga chiqadi. Unda bosh qahramon rolini avvalgidek aktyor Deniyel Kreyg ijro etadi.

Mavzuga oid
Top