16:40 / 06.09.2017
6039

BMTda Suriya hukumatini zarin moddasini qo‘llaganlikda ayblashdi 

Foto: TASS

BMT komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Suriyada joriy yilning aprel oyida zarin moddasining qo‘llanilishi bilan bog‘liq hodisa ortida ushbu davlat hukumati turibdi. Bu haqda g‘arb OAV BMTning Suriyada inson huquqlari sohadagi jinoyatlarni tergov qilishi bo‘yicha Mustaqil xalqaro komissiyasi hisobotiga asosan xabar bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Suriya hukumati joriy yilning mart-iyul oylari davomida kimyoviy quroldan kamida yetti marta foydalangan.

4 aprel kuni Idlib viloyatidagi Xon-Shayxun shahrida kimyoviy hujum amalga oshirilgan bo‘lib, uning natijasida qariyb 100 kishi qurbon bo‘ldi. G‘arb davlatlarining aksariyati va Suriya muxolifati fojiali hodisaga Suriya hukumati javobgar ekanini ma'lum qilgan. Damashqdagilar ayblovlarni rad etmoqda.

Biroq, AQSh 7 aprelga o‘tar kechasi Suriyadagi Shayrot harbiy bazasiga qanotli raketalar yordamida zarba berdi.

Top