20:45 / 06.09.2017
19473

"Nuroniy" jamg‘armasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Foto: Xalqaro Press-klub

Izchillik bilan amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat natijasida aholining farovonligi oshdi va kishilarning turmush sifati yaxshilandi, bu esa keyingi 25 yil mobaynida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 67 yoshdan 73,5 yoshga, shu jumladan erkaklar — 66 yoshdan 71 yoshgacha, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi esa 70 yoshdan 75,8 yoshgacha ortishiga imkoniyat yaratdi. Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumanida shu haqida ma'lumot berildi. 

Tadbirda ma'lum qilinishicha, quyidagilar jamoat tashkiloti hisoblangan O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi "Nuroniy" jamg‘armasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

- faxriylarning O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni ijtimoiy faoliyatga jalb etish;

- keksalar hayoti darajasini oshirish, ular uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash, ehtiyojmand keksalarni va aholining boshqa qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta'minlash, ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish, tijorat, noshirlik, xayriya tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;

- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta'minlash;

- keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etish.

Shuningdek, yosh oilalar o‘rtasida ajralishlar, yoshlarni turli oqimlarga kirib ketishi va huquqbuzarliklarning oldini olish, o‘quvchilarning davomati masalasi, xorijga ketgan yoshlarni yurtimizga qaytarish va ularni ish bilan ta'minlashda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish kabi masalalar ham “Nuroniy” jamg‘armasi vazifalari sirasiga kiradi.

Top