10:06 / 06.09.2017
10251

Piskentdagi qotillik jinoyati fosh etildi

Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qotillik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Muqaddam xabar berilganidek, joriy yilning 30 avgust kuni Piskent tumani “Namuna” mahallasi hududidan noma'lum erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida jabrlanuvchining shaxsi aniqlanib, u Olmaliq shahrida yashagan R.K. (1959 y.t.) ekanligi, mazkur jinoyatni esa uning tanishi F.T. (1961 y.t.) sodir etganligi aniqlandi.

Tergovda aniqlanishicha, joriy yilning 21 avgust kuni Olmaliq shahrida yashovchi F.T. uyiga mehmonga kelgan R.K. bilan o‘zaro janjallashib, uning bosh qismiga temir bolg‘a bilan ko‘plab tan jarohatlari yetkazib, qasddan o‘ldirgan. Sodir etilgan jinoyatni yashirish maqsadida jabrlanuvchining murdasini o‘z uyi yerto‘lasiga yashirib, 25 avgust kuni tanishi A.Z. yordamida murdani Piskent tumani “Namuna” mahallasi hududidagi ochiq maydonga tashlab ketishgan.

Sud tomonidan F.T. va A.Z.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Piskentda qotillik sodir bo‘ldi

Mavzuga oid
Top