17:50 / 06.09.2017
5145

Rim Papasining samolyoti «Irma» tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi

Foto: aciprensa.com

Rim Papasi Frantsiskning Kolumbiyaga yo‘l olayotgan samolyoti «Irma» dovuli tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. U ayni damda Kichik Antil orollariga yetgan. Bu haqda Aciprensa xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, pontifikning borti Trinidad va Tobago, shuningdek, Grenada hamda Barbados orollari ustidan uchib o‘tadi. Bu dovul trayektoriyasidan chetga chiqish maqsadida amalga oshiriladi.

Avvalroq «Irma» dovulida shamol tezligi aqlbovar qilmas darajaga yetgani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid
Top