12:07 / 07.09.2017
32155

Yangiyo‘lda 6 kishi o‘limi bilan yakunlangan yirik YTH sodir bo‘ldi

Yangiyo‘l tumani hududida 6 nafar shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 6 sentabr kuni Toshkent - Termiz avtomobil yo‘lining 832 km.da NEXIA avtomashinasi haydovchisi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Natijada yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, yana ikkita NEXIA avtomashinalari bilan to‘qnashgan. 

YTH natijasida 6 nafar shaxs, shu jumladan bir nafar voyaga yetmagan voqea joyida vafot etishgan. Yana 6 nafar shaxs turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Voqea joyida favqulotda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top