10:52 / 07.09.2017
6875

Avstraliya KXDRga qo‘shni davlatlardan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishi mumkin

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbullning ma'lum qilishicha, hukumat KXDRga yaqin joylashgan davlatlardan fuqarolarini evakuatsiya qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Bosh vazir 9News telekanaliga bergan intervyusida, Avstraliyaning xorijda yashovchi fuqarolariga ma'lumotlar bilan ta'minlovchi saytda ro‘yxatdan o‘tishni maslahat berdi.

«Bu birinchidan, biz sizlar u yerda ekanligingizni bilishimiz, ikkinchidan esa – favqulodda holat paytida aloqada bo‘lishingiz uchun kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Avvalroq Tyornbull jahon hamjamiyatiga KXDR bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.

Mavzuga oid
Top