18:51 / 07.09.2017
4579

YeI Brexit bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga tayyor

Foto: Reuters

Yevroittifoqning Brexit bo‘yicha muzokaralardagi koordinatori Mishel Barnening ma'lum qilishicha, YeI Britaniyaning ajralib chiqishi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga tayyor. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Men muzokaralarni tezlashtirishga va yanada ko‘paytirishga tayyorman», - degan Barne.

Uning ta'kidlashicha, «vaqt juda tez o‘tmoqda» hamda tomonlar Britaniyaning YeIdan chiqishiga tayyorgarlik ko‘rib olishi darkor. Bu salbiy oqibatlardan qochish maqsadida qilinishi kerak.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi (Brexit) asosiy ichki partiyalar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar tufayli hech qachon amalga oshmasligi ham mumkin ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top