15:41 / 07.09.2017
57427

Fattoh Shodiyev fondi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Foto: Tengrinews

Adliya vazirligi tomonidan Shodiyev xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Facebook’dagi «Adliya bilan muloqot» sahifasida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, Shodiyev xalqaro fondining Bosh ofisi Lixtenshteyn knyazligida joylashgan bo‘lib, asosiy maqsadi ilmiy, tibbiy, ijtimoiy, madaniy va ta'lim sohalarida loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va homiylik qilish hisoblanadi.

Fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar uylariga gumanitar ko‘mak va aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish loyihalariga xayriya yordami ko‘rsatishdan iborat.

Vakolatxonaning rahbari etib Keyt Elizabet Maguayr tayinlangan.

Ma'lumot uchun: Fattoh Shodiyev kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lib, hozirda Belgiya fuqarosi hisoblanadi.

Foto: Facebook/Adliya bilan muloqot
Mavzuga oid
Top