20:44 / 07.09.2017
121880

Ginnes kitobining yangi nashridan joy olgan eng g‘aroyib rekordlar (fotojamlanma)

Ginnes rekordlar kitobining 63-nashri chop etildi. Eng yaxshi basketbolchi-quyon, eng katta skotch o‘rami va boshqa g‘aroyib rekordlar "RIA Novosti" fotolentasida taqdim etildi. 

Foto:Guinness world records

Signus dunyodagi barcha uy mushuklari orasida eng uzun (44,66 santimetr) dum egasi hisoblanadi. 

Foto:Guinness world records

Eng katta Teddy ayiqlari to‘plami (8025 ta) Janubiy Dakota shtatidadir. Jyeki Mayli ayiqlarni AQShning barcha shtatlari hamda 29 chet mamlakatdan keltirgan. 

Foto:Guinness world records

Neo nomini olgan it 10 xalqadan iborat to‘siqlar orasidan o‘tish poygasini hammadan tez yakunlagan. 

Foto:Guinness world records

Benni garlem - dunyodagi eng baland soch turmagi sohibi. Uning uzunligi 52 santimetrni tashkil qiladi. 

Foto:Guinness world records

4 yoshli Bini eng yaxshi basketbolchi-quyon deb tan olingan. Jonivor bir daqiqa ichida 7 marta to‘pni "savatga" tushira oladi.

Foto:Guinness world records

Erik Yaskolka - "Iks odamlar" komiksi bilan bog‘liq eng katta buyumlar kolleksiyasi egasi. Unda 15 400dan ortiq "eksponat" bor. 

Foto:Guinness world records

Freddi - dunyodagi eng katta it. Uning bo‘yi - 1,035 metr. 

Foto:Guinness world records

Britaniyalik Jon va Jyef Bitmidlar mashhur bolalar o‘yinchoq avtomobili Cozy Couple'ning eng katta nusxasini yasashga muvaffaq bo‘lishdi. 

Foto:Guinness world records

Germaniyalik Andre Ortolf jyele yeyish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Erkak qo‘llarini ishlatmagan holatda 1 daqiqada 716 gramm mahsulotni paqqos tushirgan. 

Foto:Guinness world records

Xanter Even rekordlar kitobiga bir soatda 910 tagacha havo sharini puflay olishi bilan kirgan.

Foto:Guinness world records

Portlendda yopishqoq lenta - skotchdan tayyorlangan dunyodagi eng katta shar. Uning vazni 927 kilogramm bo‘lib, aylanasiga deyarli 4 metrni tashkil qiladi. 

Foto:Guinness world records

Bred Ladner - Betmen buyumlaridan iborat eng katta kolleksiya. U 1988 yildan buyon Betmenlarni yig‘a boshlagan.

Foto:Guinness world records

Xitoylik Yu Jansksiya  dunyodagi eng uzun kipriklarni o‘stirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Foto:Guinness world records

Natan Savayya to‘liq LEGO konstruktori detallaridan qurgan "betmobil"i tufayli Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Prototip yaratilishiga uch oy vaqt va 500 ming LEGO detali ketgan. "Betmobil" uzunasiga - 5,5 metr bo‘lib, 68 kilogrammdan ortiq og‘irlikka ega. 

Foto:Guinness world records

Chikagolik Jyeymi Roberts va Tom Koltun dunyodagi eng katta bolalar aravachasi sohiblaridir. Uning korpusi uzunligi 1,3 metrdan oshadi. 

Foto:Guinness world records

6 yoshli Rayan - 2000 yildan keyin tug‘ilganlar orasidagi eng mashhur bloger. Uning Ryan ToysReview nomli YouTube-kanali 2015 yilning martidan buyon 12 076 126 791 marta ko‘rilgan. 

Mavzuga oid
Top