15:38 / 07.09.2017
8192

«Irma» dovuli qurbonlari soni ham ortmoqda

Karib havzasi orollariga yopirilgan «Irma» dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Britaniyaning Angilya hududida bir kishi hayotdan ko‘z yumgan. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Karib agentligining xabar berishicha, oroldagi yo‘llarning 90 foizida harakatlanish imkoni yo‘q.

Bundan tashqari, Barbuda orolida tabiiy ofat tufayli ikki yoshli bola ham halok bo‘lgan.

Avvalroq «Irma» Sen-Martenda 8 kishining umriga zomin bo‘lgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top