22:13 / 07.09.2017
7959

Kia yangi avlod Cee’d prototipini namoyish qildi

Kia kompaniyasi Cee’d modelining yangi avlodi prototipi — Proceed kontsept-karini namoyish qildi. "Kommersant" shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Foto: Kia Proceed

Frankfurtdagi avtosalonda debyuti bo‘lib o‘tadigan avtomobil markaning Yevropadagi dizayn bo‘limida ishlab chiqilgan. Mashina Kia Stinger modeli uslubida ishlangan va noyob kuzovi bilan ajralib turadi. 

Lava Red rangiga bo‘yalgan kontsept-kar ekstererida karbon elementlari bo‘lib, u 20 dyuymli g‘ildirak disklariga ega bo‘ldi. Avtomobil egasi yaqinlashganda mexanizmlar ishga tushadi, egasini qarshilab LED-chiroqlar yoqiladi. 

Foto: Kia Proceed

Prototip kuzovining orqasida va radiator panjarasida GT nishonlari bor va bu kontsept-karning yangi avlod modelining "zaryadlangan" versiyasi ekaniga ishora bo‘lishi mumkin. Yangi avlod Kia cee'd avtomobillarining taqdimot sanasi hozircha noma'lum. 

Top