11:18 / 07.09.2017
9107

«Manchester Siti» Sanchesni juda arzonga olishi mumkin

Foto: Sport Ekspress

«Manchester Siti» qishki transferlar vaqtida «Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches uchun 20 million funt taklif qilmoqchi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, futbolchi yozgi transferlar vaqtida 70 million funt evaziga «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin bo‘lgandi. Ammo «Arsenal» chililik bu futbolchisini qo‘yib yuborishni istamadi, bunga «Monako»dan Toma Lemarni sotib olish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani sabab bo‘ldi. Bu fransiyalik futbolchi aynan Sanchesga o‘rinbosar sifatida ko‘rilgandi.

Sanchesning amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan. Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, futbolchi mavsum yakunida «Arsenal»ni erkin agent sifatida tark etadi.

Avgustdagi dedlayn arafasida londonliklar klubi futbolchilari Aleksis ketishini talab qilishayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. «Arsenal»ning ko‘plab futbolchilari u klub uchun foyda keltirmay qo‘ydi, deb hisoblay boshladi.

Qayd etish kerakki, Sanches «Manchester Siti»ning hozirgi murabbiyi Xosep Gvardiola bilan «Barselona»da birga ishlagandi.

Mavzuga oid
Top